
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2020 yil 5 fevraldagi buyrug‘iga asosan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi Yangiboyev Alisherdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Biroq, A.Yangiboyev otalik majburiyatini unitib, oylar davomida aliment to‘lamay kelganligi sababli Majburiy ijro byurosi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomaga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan edi.
Afsuski, A.Yangiboyev ma’muriy jazoni o‘tab chiqqanligidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun berilishi lozim bo‘lgan 8 million 935 ming so‘m aliment pullarini to‘lamasdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi uchun unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xuddi shuningdek, tumanda yashovchi Asror Maxkamov bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun jami 6 million 475 ming so‘m aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi uchun unga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ushbu qarzdorliklar bartaraf etilmasa jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, Jinoyat kodeksining 122 moddasiga asosan ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar