
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkentning Bektemir tumanida Qirg‘iziston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Toyota Land Cruiser Lacetti’ga urilib, yo‘l-tansport xodisasini sodir etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.
Ma’lum qilinishicha, 12 yanvar kuni soat 21:35 larda Bektemir tumanidagi «Sharq» YPX posti yaqinida 32 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi Samit A. o‘zining boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser’da avariyaga uchragan.
Qayd etilishicha, u avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, 55 yoshli Beknazarov R. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etgan, so‘ng beton to‘siqqa urilgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, YTHga Toyota haydovchisining rulda uxlab qolgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
YTH natijasida yo‘lovchi — Samarqand viloyatida tug‘ilgan 25 yoshli Gulsara A. tan jarohati olib, tibbiy muassasaga joylashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar