3 167
Otabekov: “COVID-19 ning yangi shtammi odamlarni xavotirga solyapti – u bolalarda ko‘p uchramoqda”
Koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi a’zosi Nurmat Otabekov koronavirusning britancha shtammi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, “Hozir koronavirusning britancha shtammi odamlarni xavotirga solyapti. Bu yangi virus ayni kunda dunyoning 41, Yevropaning 22 davlatida aniqlangan”.
“Bu kasallik bolalarda ko‘p uchrayapti. Bolalarda kasallanish holatlarida kuzatilgan 5 ta asosiy klinik belgi qayd etilgan. Bular: bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, holsizlanish, ishtaha yo‘qolishi, qorin sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Bu belgilar 19 yoshgacha bo‘lganlar va yosh bolalarda kuzatilyapti”, dedi u.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kasal bolalarning aksariyati charchoqdan aziyat chekadi. Infeksiyani yuqtirgan chaqaloqlarda tez-tez yig‘lash holatlari uchraydi. Kasallangan bolalarning yarmidan ko‘pi (53 foizi) bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Shu bilan birga, ularda qorin og‘rig‘i ham kuzatilmoqda. Shuning uchun shifokorlar ota-onalarga qorin bo‘shlig‘idagi noqulaylik bilan bir vaqtda paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i bor-yo‘qligini farzandlaridan so‘rab turishlarini maslahat berishmoqda.
Koronavirusning yangi shtammi bilan og‘rigan bolalarning deyarli yarmida harorat 37 darajadan yuqori bo‘lgan. Bolalarning 38 foizi tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilgan.
Kasallanganlarning taxminan 35 foizi ishtaha yo‘qolganini aytishgan. Ko‘pincha bir yoshga to‘lmagan chaqaloqlarda bu holat kuzatiladi. Shu sabab shifokorlar bolalarni oz-oz, ammo tez-tez ovqatlantirishni maslahat berishadi.
Shuningdek, shtab a’zosi COVID-19’ning yangi shtammi kattalarda yoki bolalarda aniqlanishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda ularni davolash uchun 30 mingdan ortiq shifo o‘rinlari mavjudligini bildirdi. Jami 5 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari tegishli tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar zaxira qilib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi