2 252
«Duoibaddan tozalash» uchun 12,5 mln. so‘mlik tillani o‘zlashtirgan lo‘liga jinoyat ishi ochildi
2020 yilning 29 oktabr kuni soat 14:30 larda lo‘li millatiga mansub bo‘lgan ayol o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biriga kiradi.
U ushbu xonadonda yashovchi Nasiba A.ni aldab, qo‘llarida bo‘lgan ikki dona ayol va erkak qo‘g‘irchoqlarini hamda o‘zi bilan olib kelgan arab tili yozuvli qog‘ozlarni xonadon hovlisiga tashlab qo‘yadi. So‘ng, xonadon egasi bo‘lmish Nasiba A.ga uyini «tozalab» berishini aytadi.
Keyin aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan 12.500.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashirinadi.
Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni 58 yoshli Gulchehra M. sodir etganligi aniqlanib, ushbu fuqaroga nisbatan ayblov e’lon qilingan hamda tegishli sudlovda ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi