1 222
«Duoibaddan tozalash» uchun 12,5 mln. so‘mlik tillani o‘zlashtirgan lo‘liga jinoyat ishi ochildi

2020 yilning 29 oktabr kuni soat 14:30 larda lo‘li millatiga mansub bo‘lgan ayol o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biriga kiradi.
U ushbu xonadonda yashovchi Nasiba A.ni aldab, qo‘llarida bo‘lgan ikki dona ayol va erkak qo‘g‘irchoqlarini hamda o‘zi bilan olib kelgan arab tili yozuvli qog‘ozlarni xonadon hovlisiga tashlab qo‘yadi. So‘ng, xonadon egasi bo‘lmish Nasiba A.ga uyini «tozalab» berishini aytadi.
Keyin aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan 12.500.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashirinadi.
Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni 58 yoshli Gulchehra M. sodir etganligi aniqlanib, ushbu fuqaroga nisbatan ayblov e’lon qilingan hamda tegishli sudlovda ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Maishiy texnika buyumlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Karantinga yopilgan do‘kondan 50 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs aniqlandi

100 ming so‘m va nomus! Fahshga atalgan xonadon…

Bolalaringiz kasal shu sababli tilla taqinchoqlaringizga «dam solib qaytarish» kerak

Yakkasaroy tumanida 200.000 so‘mlik velosiped o‘g‘risi fosh etildi

1.500 AQSh dollar evaziga «Uzmobile» uyali aloqa kompaniyasiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi