11:26 / 18.01.2021
2 056

Namanganda MIB xodimlari futbol kuch sinashdi

Namanganda MIB xodimlari futbol kuch sinashdi
Mamlakatimizda sportni ommaviyligini ta’minlash, aholi ayniqsa turli soha vakillari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlarida bugungi kunda 340 nafar xodim mehnat qilmoqda.
Xodimlar haftada ikki marotaba ishdan so‘ng o‘zlari qiziqqan sport bilan shug‘ullanishmoqda. Ayniqsa, Byuro organlari xodimlari o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Ana shunday musobaqalardan biri 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etildi. “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada viloyat boshqarmasi, Namangan shahar va tumanlar bo‘limlarining havaskor jamoalari maydonga tushishdi. Namangan viloyat 1-sonli futbol mahorati maktabiga qarashli zamonaviy maydonlarda bo‘lib o‘tgan bahslar murosasiz o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra bir-biriga raqib bo‘lgan jamoalarning maydondagi harakatlari barchada qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, yarim final va final bahslari o‘zaro murosasiz, shiddatkorlik kasb etdi. Yarim finalga yo‘llanma olgan Namangan shahar, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod va Yangiqo‘rg‘on tumanlari jamoalari o‘zaro bahs olib bordilar. Murosasaz kechgan o‘yinlarda Byuroning Namangan shahar va Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limlari jamoasi finalda bir-biriga raqib bo‘lishdi.

Qiziqarli bahsda Namangan shahar bo‘limi jamoasi yirik 8:0 hisobda g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Uchqo‘rg‘on, uchincha o‘rin esa Davlatobod tuman jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga, shuningdek “Eng yaxshi darbozobon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi to‘purar” yo‘nalishi sohiblariga qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.

Majburiy ijro byurosi
Namangan viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda MIB xodimlari futbol kuch sinashdi