2 233
Shavkat Mirziyoyev Buxoroning «Nizomiy» mahallasida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Buxoro shahrining «Nizomiy» mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizatsiyasi yo‘q uylar bo‘lib, shahar ko‘rkini buzib turgan. 2020 yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi.
Shavkat Mirziyoyev mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat bo‘ldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Endi barcha ushbu zamonaviy mavzeda yashayotganidan rozi.
Prezident xalq mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini ta’kidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu yerda Buxoro viloyatida avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski ko‘p qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21 yanvarda Buxoro viloyatiga tashrif buyurgandi. Tashrif davomida Prezident to‘rtta tuman faollari bilan uchrashdi, «Buxoro Varnet» agrosanoat majmuasini borib ko‘rdi, Bukhara Cotton Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Bundan tashqari, Prezident IT-Park’ni borib ko‘rdi va yoshlar bilan suhbatlashdi. Shundan so‘ng Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi