
Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayevning Maydanak hududidagi sayyor qabullari ko‘pkari bilan yakun topdi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, uloqda viloyat va tuman rahbarlari, tadbirkorlar va el kayvonilari tomonidan zot(sovrin)lar aytildi.

Viloyat hokimi va oila a’zolari qo‘ygan zot – 1 zotdor toy, 500 ming so‘m (hokimning turmush o‘rtog‘i nomidan), 1 televizor, 1 gilam, 1 mikropech, yana 1 million so‘mdan iborat bo‘ldi.

Zotga dehqonobodlik Dilshod polvon Qorato‘ra laqabli oti bilan ega chiqdi.


Tog‘li hududlarda bo‘lib, o‘sha yerda tunab qolgan viloyat rahbarlari sharafiga Katta o‘ra mahallasida konsert dasturi ham tashkil etildi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar