13:55 / 28.01.2021
1 855

Toshkent viloyatida 3 yoshli o‘g‘lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Toshkent viloyatida 3 yoshli o‘g‘lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 3 yoshli o‘g‘lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol va unga mazkur jinoiy ishda sheriklik qilgan qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24 yanvar kuni Toshkent viloyati IIBB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Qo‘qon shahrida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan M.Q. 1978 yilda tug‘ilgan Z.Q. ismli tanishi bilan Nurafshon shahriga kelib, M.Q.ning 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini shartli xaridorga 4 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida M.Q. avval ham shu kabi holatni sodir etib, uchinchi farzandi — 2016 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini moddiy manfaat evaziga berib yuborganligi aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqarolar M.Q. va Z.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tadbir so‘ngida 2018 yilda tug‘ilgan bolaning salomatligi ko‘rikdan o‘tkazilib, otasiga qaytarilgan. Suhbat davomida bolaning otasi ayoli M.Q. uni aldab bolasini uydan olib chiqib ketganini, bundan xabari bo‘lmaganini va qattiq taassufda ekanligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida 3 yoshli o‘g‘lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi