07:00 / 29.01.2021
1 540

Cho‘g‘lanma lampalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Cho‘g‘lanma lampalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 40 Vtdan yuqori quvvatga ega cho‘g‘lanma lampalarning O‘zbekiston Respublikasida “erkin muomalaga chiqarilishi” hamda sotilishi taqiqlangan.

Shunga qaramasdan, bugungi kunda ham ayrim shaxslar tomonidan ortiqcha energiya sarfiga sabab bo‘luvchi mazkur lampalar savdosi bilan shug‘ullayotganliklari aniqlanmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A chet davlatda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, jami 1120 dona (100W va 150W quvvat) cho‘g‘lanma lampalarni 3 600 000 so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Xuddi shunday yana bitta holatda, bo‘lim xodimlari tomonidan 200 dona cho‘g‘lanma lampalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. Nukus shahrida o‘tkazilgan mazkur tadbirda fuqaro P.M quvvati 300 W ga teng cho‘g‘lanma lampalarni 2 million so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Cho‘g‘lanma lampalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi