2021 yil 28 yanvar kuni Karmana tuman Davlat soliq inspeksiyasi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi raisi J.Karimov va sudyasi A.Saydullayev hamda Karmana tumani soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida tuman hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar bilan ochiq muloqat o‘tkazildi.
Tadbirda tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar, tizimli ishlar yuzasidan gapirib o‘tilib, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari, soliq solinadigan ob’ektlarning hisobini olib borish, kassa operatsiyalarini yuritish tartibi, to‘lov intizomlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi hamda barcha sudlarda har haftaning juma kuni “Tadbirkorlar kuni”, har haftaning shanba kuni esa, “Ochiq eshiklar kuni” ekanligi ma’lum qilindi.
Shuningdek, sayyor sud majlisi o‘tkazilib, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslarga nisbatan bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik ishlari ko‘rib chiqildi va kelgusida bu kabi huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqat so‘ngida tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar berildi.
J.Mavlonov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman
sudi sudya yordamchisi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman
sudi sudya yordamchisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi