
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash, xususan, yurtimizga tovarlarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Qizilyozi MFY hududida fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashina saloni va yukxonasining yashirin joylariga joylangan, yurtimizga qo‘shni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 146 million so‘mlik 73 dona uyali qo‘l telefonlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar