
Zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, “Navoiy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga xalqaro pochta jo‘natmalari orqali olib kelingan tovarlar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Ko‘rik natijasida kur’erlik tashkiloti tomonidan taqdim etilgan elektron va qog‘oz shaklidagi yuk xujjatlarda ko‘rsatilmasdan bojxona nazoratidan yashirilgan, jami 422 gr., umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qariyb 13 mln. so‘mga teng bo‘lgan, zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar