1 954
Shavkat Mirziyoyev taniqli sportchilarni maktablarga biriktirish bo‘yicha topshiriq berdi
Bugungi kunda O‘zbekistondagi mavjud 52 mingdan ziyod sport inshootlari aholining atigi 6 foiziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu haqda 27 yanvar, chorshanba kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
«Joriy yilda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish orqali sport bilan shug‘ullanuvchi aholi sonini 25 foizga, yoshlar qamrovini 20 foizga (hozirda 11 foiz) yetkazishni maqsad qilganmiz. Buning uchun bir qator vazirlik rahbarlari qisqa vaqt ichida budjetdan ajratilgan 100 milliard so‘m hisobidan bog‘cha va maktablarni sport anjomlari bilan jihozlashi lozim.
Shuningdek, joriy yilda 4 mingdan ortiq maktabda 20 mingta sport to‘garagi yo‘lga qo‘yilib, 520 ming nafar o‘quvchi qamrab olinadi. Mas’ul vazirlik rahbarlari viloyat hokimlari bilan birga 1 martdan boshlab, sport federatsiyalarini, olimpiya, jahon, Osiyo va mamlakat chempionlarini respublika bo‘yicha mingta maktabga biriktirishi, yoshlarni professional sportga jalb qilish bo‘yicha ‘mahorat saboqlari’ni yo‘lga qo‘yishlari kerak. Yoshlar qalbida sport turlariga qiziqish uyg‘otish, ularni barkamol avlod qilib tarbiyalashimiz zarur», — dedi Prezident.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, ayni paytda respublikadagi 52 mingdan ziyod sport inshootlari aholining atigi 6 foiziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
«Shu bois yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun ijtimoiy sheriklik asosida uylarda ham sport ta’limini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq. 1 martdan boshlab, oilaviy nodavlat sport ta’limi tizimini Sirdaryoda tajriba tariqasida joriy qilishimiz lozim», — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi