12:53 / 02.02.2021
1 670

Bojxonachilar yurtimizga olib kirilishi taqiqlangan 132 ming dona lazerli nur tarqatgichlarni fosh etishdi

Bojxonachilar yurtimizga olib kirilishi taqiqlangan 132 ming dona lazerli nur tarqatgichlarni fosh etishdi
Bojxona organlari tomonidan bojxona chegara orqali tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga noqonuniy tarzda kirib kelishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Chuqursoy texnik idora” hamda “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan yuk konteyneri belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, 549 mln. so‘mlik 277 472 dona xo‘jalik mollari hamda chetdan olib kirish va sotish taqiqlangan 1 mlrd. 319 mln. so‘mlik 132 000 dona lazerlar borligi aniqlandi. Jami qiymati 1 mlrd. 869 mln. so‘mni tashkil etuvchi mazkur tovar moddiy boyliklari o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlovga olindi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 fevraldagi 50-son qaroriga muvofiq, 2013 yil 1 martdan boshlab lazer nurli ko‘rsatkichlar sifatida foydalaniladigan portativ lazerli nur tarqatgichlarni respublikamizga olib kirish va sotish taqiqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar yurtimizga olib kirilishi taqiqlangan 132 ming dona lazerli nur tarqatgichlarni fosh etishdi