Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatidagi «Amantoytov» va «Dovg‘iztov» konlarini sayyohlar tashrif buyuradigan turistik maskanga aylantirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Amantoytov» va «Dovg‘iztov» konlari markaziy Qizilqum cho‘lining ruda maydoni mintaqasidagi konlar bo‘lib, Navoiy shahridan 180 kilometr shimolda, Zarafshon shahridan 40 kilometr sharqda joylashgan. «Ruda zaxirasi ko‘lami, rudani qazib olish texnologik sharoitining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi», — deyiladi xabarda.
Ushbu konlarda, ishlab chiqarish jarayoniga xalal bermasdan, xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlab, tog‘ jinslarini portlatish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini uzoq masofadan, panorama oynali maydonchalardan turib kuzatish mumkin bo‘ladi.
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Shuningdek, mazkur hududda ular uchun yengil konstruksiyali dam olish maskanlari hamda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?