09:10 / 03.02.2021
1 612

Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi ikkita kon turizm ob’ektiga aylantiriladi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi ikkita kon turizm ob’ektiga aylantiriladi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatidagi «Amantoytov» va «Dovg‘iztov» konlarini sayyohlar tashrif buyuradigan turistik maskanga aylantirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Amantoytov» va «Dovg‘iztov» konlari markaziy Qizilqum cho‘lining ruda maydoni mintaqasidagi konlar bo‘lib, Navoiy shahridan 180 kilometr shimolda, Zarafshon shahridan 40 kilometr sharqda joylashgan. «Ruda zaxirasi ko‘lami, rudani qazib olish texnologik sharoitining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi», — deyiladi xabarda.

Ushbu konlarda, ishlab chiqarish jarayoniga xalal bermasdan, xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlab, tog‘ jinslarini portlatish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini uzoq masofadan, panorama oynali maydonchalardan turib kuzatish mumkin bo‘ladi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Shuningdek, mazkur hududda ular uchun yengil konstruksiyali dam olish maskanlari hamda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi ikkita kon turizm ob’ektiga aylantiriladi