15:15 / 04.02.2021
3 783

Jizzaxdagi maktablarning birida voyaga yetmagan o‘quvchi homilador ekanligi aniqlandi

Jizzaxdagi maktablarning birida voyaga yetmagan o‘quvchi homilador ekanligi aniqlandi
Jizzax viloyati Do‘stlik tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 14-umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan biri A.A. tuman tibbiyot birlashmasida 2021 yil yanvar oyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida unda homiladorlik alomatlari aniqlangan. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» xabar berdi.

Holat bo‘yicha o‘sha vaqtning o‘zida tuman IIBga xabar berilgan va IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilib, natijasiga ko‘ra biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat a’lomatlari bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan A.A.ning homiladorligi holati yuzasidan hamda O‘zbekistonning 2010 yil 29 avgustdagi «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuni ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, tuman xalq ta’limi bo‘limiga kiritilgan taqdimnomaga asosan, 14-umumta’lim maktabining 4 nafar mansabdor shaxsiga intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, voyaga yetmagan A.A. va O.ning onalari o‘z farzandlariga ta’lim-tarbiya bermaganliklari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, taraflar o‘zaro turmush qurish istagini bildirganliklari sababli Oila kodeksi talablariga asosan ularning nikoh yoshini qisqartirish to‘g‘risida tuman hokimining tegishli qarori qabul qilingan.

«Hozirda videomurojaatda qayd etilgan fuqaro Z.D.ga XTB mudiri mablag‘ taklif qilganligi holati yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxdagi maktablarning birida voyaga yetmagan o‘quvchi homilador ekanligi aniqlandi