
Hodisa bugun, 4 fevral kuni soat 17:50 da Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 8 qavatli binoda sodir bo‘lgan.
FVVning ma’lum qilishicha, ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Natijada uch kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot mavjud emas.
— Shukhrat (@bankir2102) February 4, 2021
Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari hodisa sodir bo‘lgan joyda ish olib bormoqda.
Qo‘shimcha qilinishicha, portlash sodir bo‘lgan ko‘p qavatli uy qarshisidagi savdo do‘koni ham ko‘p talafot ko‘rgan.
— Shukhrat (@bankir2102) February 4, 2021“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar