20:50 / 04.02.2021
2 730

Buxorodagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (video)

Buxorodagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (video)
Hodisa bugun, 4 fevral kuni soat 17:50 da Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 8 qavatli binoda sodir bo‘lgan.
FVVning ma’lum qilishicha, ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Natijada uch kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot mavjud emas.

Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari hodisa sodir bo‘lgan joyda ish olib bormoqda.
Qo‘shimcha qilinishicha, portlash sodir bo‘lgan ko‘p qavatli uy qarshisidagi savdo do‘koni ham ko‘p talafot ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorodagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (video)