Foto: «Yuz.uz»
Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlab, ularni fohishalik qilishga majburlab kelgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga tayanib, «Yuz.uz» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2 fevral kuni Xorazm viloyati IIB TXTB boshlig‘i nomiga R.M. ismli ayol yosh, voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlab, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlayotgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan. Shuningdek, arizada u qizlarni bir necha kunga boshqa viloyatlarga 1000-1500 AQSH dollariga doimiy ravishda sotib yuborayotganligi ma’lum qilingan.
Arizaga muvofiq tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 1989 yilda tug‘ilgan, Urganch shahrida yashovchi R.M. shartli xaridor sifatida jalb qilingan M.M.ga 2002- va 1999 yilda tug‘ilgan ikki qizni 7 kunga Samarqand viloyatiga fohishalik qilib kelish uchun 1400 dollar evaziga sotib, Xazorasp bekatida M.M.dan pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi