Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarini o‘stirish, tayyorlash, sotish va iste’mol qilish qonun bilan taqiqlanib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy jazo belgilangan. Biroq, ayrim shaxslar tomonidan zahriqotillar savdosi bilan shug‘ullanish holatlari hamon uchramoqda.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB va Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan xamkorlikda narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Denov tumanida fuqaro T.Sh.ning yashash xonadoni xolislar hamda “Lestor” laqabli xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirilganda, xizmat iti xonadon ichida joylashgan divanga belgi berganligi sababli ushbu divan tekshirib ko‘rildi. Natijada, divanning ichki qismida 4 dona gugurt qutilari ichida 37 ta qog‘oz parchasiga o‘ralgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Shundan so‘ng fuqaro Sh.T. ushbu giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalarni boshqa bir fuqaro S. N. dan olganligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirildi.
Denov tumani hududida fuqaro S.N. 2 dona gugurt qutilarga qadoqlangan “marixuana” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga xar bir qutisini 350 ming so‘mdan jami 700 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lib olib kelgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi va egnidagi kiyimlari ko‘zdan kechirilganda qora rangli kurtkasining cho‘ntagidan yana 2 dona gugurt qutilarga qadoqlangan o‘tkir xidli, yashil rangli “marixuana” giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida olingan jami “marixuana” giyohvandlik vositalari ekspertizadan o‘tkazilganda sof og‘irligi 37,02 grammni tashkil etdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi