21:43 / 06.02.2021
2 037

AQShda YTH oqibatida tanasining 80 foizi kuyib ketgan erkakka yuz va ikki qo‘l ko‘chirib o‘tkazildi

AQShda YTH oqibatida tanasining 80 foizi kuyib ketgan erkakka yuz va ikki qo‘l ko‘chirib o‘tkazildi
Foto: Esquire
2020 yilning avgust oyida Nyu-York shtatidagi NYU Langone Health shifokorlari baxtsiz hodisada jarohat olgan 22 yoshli Jo Dimeoga qo‘l va yuzni bir vaqtning o‘zida transplantatsiya qildi. Shundan so‘ng shifokorlar operatsiya muvaffaqiyatli kechganini va bu tarixda birinchi marta bo‘lganini e’lon qildi, deb yozadi Esquire.

2018 yil Nyu-Jersi shatatining 20 yoshli fuqarosi o‘z mashinasini boshqarib ketayotganda uxlab qolgan, natijada mashina to‘siqqa urilib, ag‘darilgan va yonib ketgan. Dimeoning hayoti saqlab qolingan, ammo tanasining 80 foizi yonib ketgan. Natijada yigit ko‘z qovoqlari, quloq va barmoqlaridan ayrilgan. Shuningdek, bo‘yin va yuz qismida ham jiddiy izlar qolgan.

23 soat davom etgan jarrohlik amaliyotida 2 ta operatsion xonada 6 jarrohlik guruhi, hammasi bo‘lib 80 kishi ishtirok etgan. Shundan so‘ng Dimeo uchun 45 kunlik intensiv terapiya va ikki oylik statsionar reabilitatsiya buyurilgan.

Shifokorlar transplantatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini ular tana ko‘chirilgan qismlarni rad etmasligiga ishonch hosil qilganidan keyingina e’lon qildi. Bungacha dunyoda bir vaqtning o‘zida qo‘l va yuz transplantatsiyasi atigi ikki marta amalga oshirilgan, ikkala urinish ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Dimeo hayotda ikkinchi imkoniyatni qo‘lga kiritganiga amin. Shifokorlar Dimeoning fidoyiligi va g‘ayrati muvaffaqiyatga erishishda yordam bergan, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, yigit ayni paytda kuchga to‘lgan va hattoki sport bilan shug‘ullanishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQShda YTH oqibatida tanasining 80 foizi kuyib ketgan erkakka yuz va ikki qo‘l ko‘chirib o‘tkazildi