Jasur Fozilov.
Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganishdan keyin o‘z lavozimiga qaytgan Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning iste’foga chiqarilgani aytilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Rost24.uzga ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Jasur Fozilov o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoq orqali prezidentga murojaat qilishi ortidan tilga tushgandi. Ma’lum vaqt o‘tib, uning murojaatini Respublika idoralararo komissiyasi o‘rganishni boshladi.
Xizmat tekshiruvi poyoniga yetguncha vaqtincha vazifasidan chetlatilgan prokuror yakunda lavozimiga qaytdi. Shu barobarida «hayfsan» intizomiy jazosiga tortildi ham.
Keyinroq uning ishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar tarqalgan, ammo rasmiy tasdig‘ini topmagandi. Jasur Fozilovning o‘zi esa unga nisbatan «hech qanday tazyiq yoki bosim bo‘layotgani yo‘q»ligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Prosta» bez emas, sal bet bo‘lishi kerak! — Rasul Kusherbayev

Buxoro viloyatida avtobus yonib ketdi (foto)

Xonanda Jasur Umirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov lavozimiga tiklandi

Buxoro shahri prokurori navbatdagi murojaat bilan chiqdi

Rasul Kusherbayev «boshini egib qo‘ygan» holat haqida gapirdi