1 698
«Ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklar kengaytiriladi» – Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari
Foto: «Daryo»
Toshkent shahar hokimligida 8 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov poytaxtdagi avtoturargohlar masalasi haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Rahmonovning ta’kidlashicha, aholi o‘z avtomobillarini qo‘yishi yanada qulaylashishi uchun ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklar kengaytiriladi.
«Avtoturargohlar nafaqat poytaxt, balki yirik shaharlarning ham katta muammosi. 2021 yil yakunigacha Toshkent shahridagi mavjud 500 dan ziyod mahallaning barchasida keng miqyosda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Bu borada birinchi navbatda avtoturargohlar masalasi ko‘rib chiqiladi.
Mahallalarda ko‘p qavatli uyga kirish qismi va irrigatsion lotok orasida yo‘laklar bor. Bu yo‘lakka aholi o‘z avtomobilini istalgancha qo‘yib ketaveradi. Bu esa shoshilinch tibbiy yordam, o‘t o‘chirish kabi mashinalarning kirishiga imkon bermaydi. Biz endilikda quvurlarni olib tashlab, suv oqishi uchun joy qoldiramiz, ularni uzoqroq joylashtiramiz va natijada turargoh uchun joy kengayadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mahallalar ichida avtoturargohlar qurish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bugungi kunda mahallalar ichida avtoturargohlar qilinyapti. Aksariyat aholi ularni o‘z kuchi bilan qurmoqda. Ammo bunga qurbi yetmaydiganlar, pensionerlar istiqomat qiladigan hududlarda esa avtoturargohlar tuman garaj xo‘jaligi tomonidan tashkil etiladi», — dedi Baxtiyor Rahmonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi