Bojxona organlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanuviga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Bu borada Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida oldindan tezkor kuzatuvga olingan fuqarolar D.T. hamda I.O. “Neksiya” rusumli transport vositasidan tushib, ko‘p qavatli uylarning biri tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, uning yonidagi qora rangli polietilen paket ichida 2 dona skotch o‘ramlarda 1 kg 975 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, yana bir fuqaro S.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, mazkur transport vositasida harakatlanib kelgan fuqaro X.M.ga tegishli og‘irligi 2 kg 962,28 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida jami 4 kg 937,28 gramm “gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosining oldi olindi.
Hozida mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi