08:30 / 17.02.2021
1 644

“Hyundai Porter”dagi 210 million so‘mlik televizorlar

“Hyundai Porter”dagi 210 million so‘mlik televizorlar
Bojxona organlari tomonidan yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy ravishda olib kirilishiga karshi muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Fargona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan Bog‘dod tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro N.B. boshqaruvidagi “Hyundai Porter” rusumli yuk avtotransport vositasi Bog‘dod tumanida to‘xtatilib o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, mazkur avtotransport vositasi yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 210 million so‘mlik 70 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Hyundai Porter”dagi 210 million so‘mlik televizorlar