17:06 / 17.02.2021
1 632

Samarqandda BAA fuqarosidan 20 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda BAA fuqarosidan 20 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi
Foto: Samarqand viloyat IIB
Samarqand shahrida yashovchi fuqaro Birlashgan Arab Amirligi fuqarosining shaxsiy video hamda fotosuratlarini internetda tarqatmaslik evaziga 20 ming dollar talab qilib, pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 16 fevral kuni viloyat IIBga, BAA fuqarosi ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahrida yashovchi J.Z. ismli ayol tanishi uning qo‘l telefonida bo‘lgan shaxsiy video hamda fotosuratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan. Ushbu video va rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga 20 ming dollar talab qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Ushbu arizaga asosan 2021 yilning 16 fevral kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

1994 yilda tug‘ilgan Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasida yashovchi J.Z. ariza muallifidan 20 ming dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Samarqand viloyat IIB
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda BAA fuqarosidan 20 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi