22:10 / 17.02.2021
1 459

Bojxonachilar hujjatlarda ko‘rsatilmagan 6 mlrd. so‘mlik tovarlarni fosh etishdi

Bojxonachilar hujjatlarda ko‘rsatilmagan 6 mlrd. so‘mlik tovarlarni fosh etishdi
Tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga turli noqonuniy yullar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Chuqursoy” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlarni yurtimiz hududiga olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh etishdi.

Unga ko‘ra, xorijiy davlatdan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi jamiyat nomiga olib kelingan yuk konteyneri o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, 4 turdagi tovarlar joylashtirilganligi ko‘rsatilgan mazkur konteynerda hujjatlarda qayd etilmagan, kiymati 6 mlrd. 202 mln. so‘mlik qo‘lqoplar, fonar, kuzoynaklar hamda boshqa turdagi tovarlar mavjudligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 2 mlrd. 620 mln. so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar hujjatlarda ko‘rsatilmagan 6 mlrd. so‘mlik tovarlarni fosh etishdi