Foto: AP Photo
2021 yilda O‘zbekistonga Xitoy rahbariyati va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov 19 fevral kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
«2021 yilda faqat oliy darajada emas, har tomonlama tashriflarni rejalashtirganmiz. Ammo biz va hamkorlarimiz ham pandemiya sharoitini inobatga olishga majburmiz. Oldimizda mintaqaga oid tashriflar bor. Bundan tashqari, Xitoy rahbariyati va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining tashrifi ham mo‘ljallangan», — degan Furqat Siddiqov va bu borada kerakli ishlar olib borilayotgani, lekin pandemiya sharoitida uning aniq muddatini oldindan aytib bo‘lmasligini bildirgan.
«Lekin shuni aniq aytishim mumkinki, 2021 yilda biz faol tashqi siyosat olib boramiz», — deb ta’kidlagan vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, 2021 yilda O‘zbekiston faol tashqi siyosat olib borishini hamda O‘zbekiston «Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilishini ham aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi