16:00 / 21.02.2021
1 717

2021 yilda Xitoy va Hindiston rahbariyatining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

2021 yilda Xitoy va Hindiston rahbariyatining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda
Foto: AP Photo
2021 yilda O‘zbekistonga Xitoy rahbariyati va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov 19 fevral kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«2021 yilda faqat oliy darajada emas, har tomonlama tashriflarni rejalashtirganmiz. Ammo biz va hamkorlarimiz ham pandemiya sharoitini inobatga olishga majburmiz. Oldimizda mintaqaga oid tashriflar bor. Bundan tashqari, Xitoy rahbariyati va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining tashrifi ham mo‘ljallangan», — degan Furqat Siddiqov va bu borada kerakli ishlar olib borilayotgani, lekin pandemiya sharoitida uning aniq muddatini oldindan aytib bo‘lmasligini bildirgan.

«Lekin shuni aniq aytishim mumkinki, 2021 yilda biz faol tashqi siyosat olib boramiz», — deb ta’kidlagan vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, 2021 yilda O‘zbekiston faol tashqi siyosat olib borishini hamda O‘zbekiston «Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilishini ham aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2021 yilda Xitoy va Hindiston rahbariyatining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda