12:00 / 23.02.2021
1 125

O‘zbekistonda noqonuniy boyiganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

O‘zbekistonda noqonuniy boyiganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Jumladan, Kodeksda belgilangan javobgarlikka tortish muddati korrupsiyaviy jinoyatlarga nisbatan bir yarim baravar ko‘payishi belgilangan.

Shuningdek, noqonuniy boyiganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda kiritilgan. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisining daromad va mol-mulk deklaratsiyasida nazarda tutilganidan ortiq pul mablag‘lari yoki mol-mulkka noqonuniy ega bo‘lishi yoki shunday mulkni orttirishi ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ish haqidan ushlab qolish bilan jazolanadi.

Kodeks loyihasiga pora predmeti sifatida moddiy manfaatdorlik bilan bir qatorda nomoddiy manfaatdorlik bo‘lishga oid qoidalar ham kiritilgan.

Bundan tashqari, jazo belgilashda korrupsiya holatlariga chek qo‘yish maqsadida ayrim toifalar uchun jazo tayinlashda eng kam miqdor qat’iy belgilanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda noqonuniy boyiganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi