23:37 / 23.02.2021
2 132

Toshkentda "Milliy gvardiya xodimiman", deb maqtangan yigitni urib o‘ldirishdi

Toshkentda "Milliy gvardiya xodimiman", deb maqtangan yigitni urib o‘ldirishdi
Toshkentda o‘zini huquq-tartibot idorasi xodimi sifatida tanishtirib, maqtangan yigitni urib o‘ldirishdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Hodicha 18 fevral kuni kechki vaqt Yashnobod tumani Katta Qo‘yliq mahallasida joylashgan kafelarning birida sodir bo‘lgan.

23 yoshli Ag‘zamjon tanishi - 28 yoshli Bobomurod bilan birgalikda spirtli ichimlik ichib o‘tirganida, gap orasida Bobomurod "Milliy gvardiya va IIB xodimiman", deb maqtanib, tanishini shaxsiyatga teguvchi so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Shundan so‘ng, Ag‘zamjon "senlar meni 10 sutkaga qamatgansizlar", deya Bobomurodni mahalla hududidagi yer osti yo‘lagiga olib borib, u yerda tanasining turli joylariga oyoq va qo‘llari bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashirinadi. Natijada Bobomurod olgan tan jarohatlarining oqibatida hodisa joyida vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan Ag‘zamjonga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "D" bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, marhum Bobomurod Milliy gvardiya xodimi emasligi, 2-guruh nogironi bo‘lib, hech qayerda ishlamasligi, Ag‘zamjon esa mardikorlik bilan shug‘ullanib bir necha marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi tufayli, unga nisbatan 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanilganligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda "Milliy gvardiya xodimiman", deb maqtangan yigitni urib o‘ldirishdi