2021 yil 20 yanvar kuni 45 yoshli Dilfuza U. ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Arizada yozilishicha, Dilfuza U.ning shar’iy turmush o‘rtog‘i 43 yoshli Sherali U. uning ishonchiga kirgan. 2012 yil 21 avgust kuni Samarqand shahar Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birini bank orqali yosh oilalarga beriladigan imtiyozli kredit asosida ukasi Dilshod U.ning nomiga sotib olib, keyinchalik ushbu xonadonni uning nomiga o‘tkazib berishni va’da qilgan. 2013 yildan 2017 yilning dekabr oyiga qadar undan xonadon uchun 35.000 AQSH dollari pullarni olgan. Keyinchalik xonadon uchun kredit to‘lovlari to‘liq so‘ndirilgan. Uni esa ushbu xonadondan chiqartirib yuborish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudi tomonidan qaror chiqarilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng