13:30 / 25.02.2021
1 349

Soliq va ish haqidan bo‘lgan 112 mln. so‘m miqdordagi qarzdorlik undirildi

Soliq va ish haqidan bo‘lgan 112 mln. so‘m miqdordagi qarzdorlik undirildi
Sudning qarzdor “Baliqchi agroservis va integrallashgan servis markazi” MCHJdan Baliqchi tuman DSI foydasiga soliq qarzi va AJ “Paxta lizing” kompaniyasi foydasiga qarz va boshqa to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi hujjatlari Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida “Baliqchi agroservis va integrallashgan servis markazi” MCHJga tegishli CASE 2366 rusumli don o‘rish kombayini xatlanib, auksion savdolariga chiqarilgan.

Mazkur qishloq xo‘jaligi texnikasi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali 111 mln. 924 ming so‘mga sotilib, sotishdan tushgan pul mablag‘lari qarzdor “Baliqchi agroservis va integrallashgan servis markazi” MCHJning soliq va ish haqidan bo‘lgan qarzlari uchun yo‘naltirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq va ish haqidan bo‘lgan 112 mln. so‘m miqdordagi qarzdorlik undirildi