18:53 / 26.02.2021
1 317

106 millionlik parfyumeriya vositalari manziliga yetib bormadi

106 millionlik parfyumeriya vositalari manziliga yetib bormadi
Sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli yengil avtotransport vositasi hamda fuqaro M.B. boshqaruvidagi “HYUNDAI PORTER 2” rusumli yuk avtotransport vositasi Baxt shahrida joylashgan bozor avtoturargohiga kelib to‘xtagan vaqtda o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport vositalarida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 106,8 million so‘mlik 103 ta qog‘oz qutilarga joylashtirilgan 2136 to‘plam parfyumeriya vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 106 millionlik parfyumeriya vositalari manziliga yetib bormadi