17:43 / 28.02.2021
2 729

Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi

Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yollashdi. Bu haqda viloyat televideniyesi lavhasida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, opa-ukalar muqaddam sudlangan va jazoni o‘tab chiqqan fuqaroni bu ishga jalb etishga harakat qilishgan va «ish» bitgandan so‘ng 3 million so‘m berishni va’da qilganlar.

Ammo «killer» o‘z vaqtida bu haqda IIB xodimlariga ma’lum qilgan. Natijada sahnalashtirilgan «qotillik»dan so‘ng, asl aybdorlar ushlandi.
Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi