
Toshkent shahrida 4 000 AQSH dollari evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. fuqaro D.ga qalbaki xizmat guvohnoma ko‘rsatib, Milliy gvardiya tizimiga tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga 4000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 28,211-moddasi (Pora berish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar