2021 yilning 23 yanvar kuni soat 10:00larda Toshkent shahri, Bektemir tumani Qo‘yliq-1 dahasida 27 yoshli Azizbek J. va Olimjon X. tanishi, 28 yoshli Talantjon T.ning nikoh to‘yi bo‘layotgani munosabati bilan to‘yda o‘ynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida, o‘z sinfdoshlari, 27 yoshli Aziz T.ga bir dona “AYE 2489763” raqamli 100 000 so‘mlik kupyurani 10 000 000 so‘m pul mablag‘lari yasab berishi uchun berishgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Aziz T. ushbu pullarni kompyuter yordamida qalbakilashtirib yasab berganidan so‘ng Talantjon T. bundan xabar topib, ulardan qalbaki 2 300 000 so‘m pullarni olib, Qo‘yliq bozorida sarflab yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Talantjon T. xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida yonidan 14 dona “AYE 2480763” raqamli 100 000 so‘mlik kupyuralar topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sud texnika-kriminalistika ekspertizasining xulosasida 14 dona 100 000 so‘mlik “AYE 2489763” raqamli pul kupyuralari poligrafik usulda tayyorlangani ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Azizbek J., Olimjon X., Talantjon T., Aziz T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ayblanuvchilar himoyachilari ishtirokida ish hujjatlari bilan tanishtirilgan. Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash uchun Bektemir tumani prokuraturasiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda 100 ming so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirganlar qo‘lga olindi

Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi

Namanganda xonadonida pul yasab ko‘rganlar ushlandi

Qalbaki so‘m va dollarlar yasagan shaxs qo‘lga olindi

Bekobodda 50 ming so‘mlik qalbaki pullar yasagan “tadbirkorlar” qo‘lga tushdi

Toshkentda 50.000 so‘mlik qalbaki pullarni yasash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi