13:33 / 05.03.2021
1 640

DXX va Departament Toshkentda bitkoin sotgan shaxslarni ushladi

DXX va Departament Toshkentda bitkoin sotgan shaxslarni ushladi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, fuqaro D.K. «R.» ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, raqamli kripto valyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib, 1V (bitkoin) elektron pul birligini 49 670 AQSH dollariga baholab, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligiga o‘zining 5 foiz ustama foydasini qo‘shib hisoblab 0,45 (bitkoin) elektron pul birligini kelishilgan «elektron hamyon»ga o‘tkazib berib, evaziga xaridordan 23 400 AQSH dollari va 800 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.K. va «R.» ismli shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX va Departament Toshkentda bitkoin sotgan shaxslarni ushladi