1 741
Bo‘stonliqda o‘zganing 15 sotix yerini 33 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida boshqa fuqaroning 15 sotix yerini firibgarlik yo‘li bilan sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan firibgarlik holatining oldini olish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida A.X. ismli shaxs va sheriklari fuqaro U.ning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan Sijjak qishlog‘idagi 15 sotix bo‘sh yerni uning nomiga Bo‘stonliq tumani kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 33 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.X. va sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...