20:23 / 10.03.2021
1 775

Andijonda coxta PSR testini sotayotganlar aniqlandi

Andijonda coxta PSR testini sotayotganlar aniqlandi
Andijonda koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun mo‘ljallangan PSR testlarini noqonuniy ravishda tayyorlab sotayotganlar aniqlandi. Bu xaqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Joriy yilning 21 yanvar kuni Andijon viloyati Andijon viloyati IIB TvaEQKB, TvaCHXTBFMB hamda Xo‘jaobod tumani IIB TvaEQKG xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon tumanida yashovchi fuqarolar S.J hamda D.A.lar Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.D.ga «Do‘stlik» bojxona kompleksi oldida 34 dona koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun mo‘ljallangan soxta PSR testlarini jami 1.750.000 so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlandi.

Shuningdek, joriy yilning 29 yanvar kuni soat 13:30larda Andijon viloyati IIB TvaEQKB, TvaCHXTBFMB hamda Xo‘jaobod tumani IIB TvaEQKG xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Z.J noqonuniy ravishda Koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun mo‘ljallangan 4 dona PSR testlarni tegishli analizlar olmasdan, Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro S.S.ga 320.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlandi.

Z.J.dan 320.000 so‘m pullar, S.S.dan 4 dona PSR testlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilib, Xo‘jaobod tumani IIB ixtiyoriga olingan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro Z.J 4 dona noqonuniy ravishda tayyorlangan PSR testlarini Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro A.D.dan sotib olganligi aniqlandi.

Fuqaro A.D. dan 1 dona «Lenovo» nomli kompyuter hamda 1 dona «Epson» nomli printerlar daliliy ashyo tariqasida bayonnoma orqali IIB ixtiyoriga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda coxta PSR testini sotayotganlar aniqlandi