15:13 / 11.03.2021
2 062

Inomjon Tog‘ayev: «Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q»

Inomjon Tog‘ayev: «Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q»
Foto: «Amerika ovozi»
O‘zbekistonda bir qator oilalar ko‘plab bizneslarni boshqaradi, ularga egalik qilishi va o‘z ta’sirini o‘tkazishi natijasida yuzaga kelgan qonunbuzarlik uchun o‘sha oilaning a’zolari faoliyatini ham o‘rganish zarur. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari — ijrochi direktori Inomjon Tog‘ayev «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «Gazeta.uz».

Uning aytishicha, qonun buzilish holatlarida «oilani o‘rganish ham to‘g‘ri». Shu bilan birga, u «tanganing ikkinchi tomoni bor»ligiga ham e’tibor qaratgan.

«Yaqinda ham shunaqa materiallar chiqdi, buni bevosita Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ham o‘rgandi. Manfaatlar to‘qnashuvi degan narsa bor. Lekin tanganing ikkinchi tarafiga e’tibor qaratish kerak. Ma’lum bir rahbarning o‘g‘li tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q», — deydi Tog‘ayev.

Iste’molchilar federatsiyasi raisi o‘rinbosari yillar davomida otasi amaldor bo‘lgan farzandlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlay olmaganini aytdi. U bu bo‘yicha yozilmagan qoidalar mavjud bo‘lgani haqida gapirdi.

«Yillar davomida shunday bo‘lganki, katta bir amaldor, rahbar insonning o‘g‘li huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlay olmagan. Konstitutsiyaviy qoida bor: ota uchun farzand, farzand uchun ota javob bermaydi. Lekin bizda yozilmagan qoidalar bo‘lar edi. Masalan, yillar davomida o‘zimning kursdoshlarim otasi amaldor ekanligi sabab ishga joylasha olmasdi. Bilimli, malakali mutaxassislar shuning uchun ham xorijga chiqib ketishgan. Bu narsani normal holat deb qabul qilmayman», — deydi Inomjon Tog‘ayev.

Uning aytishicha, hozirgi kunda bu yozilmagan qoida olib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuviga oid holatlarga qonunchilikda javobgarlik belgilanmaganini ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Inomjon Tog‘ayev: «Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q»