10:48 / 21.03.2021
3 334

Farg‘onada 30 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi madaniyat markazi foydalanishga topshirildi

Farg‘onada 30 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi madaniyat markazi foydalanishga topshirildi
Foto: «Daryo»
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida Navro‘z bayrami arafasida yangi madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi, deya xabar berdi «Daryo».

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida markaz binosi qariyb 2,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlangan.

Foto: «Daryo»
Yangi markazda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish hamda ansambl va badiiy guruhlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda «Tanovar» ashula va raqs xalq ansambli, «Hangoma» kulgi xalq teatri, yosh askiyachilar maktabi, folklor-etnografik jamoalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: «Daryo»
O‘ttiz mingdan ziyod aholiga beminnat xizmat ko‘rsatuvchi yangi markazda 300 o‘rinli tomosha zali, tuman tarixini aks ettiruvchi mo‘’jaz o‘lkashunoslik muzeyi, kutubxona, turli to‘garaklar, ma’naviyat va mashg‘ulot xonalari mavjud.

Foto: «Daryo»
«Markazda raqs, ashula, doira, dutor, rubob, an’anaviy estrada xonandaligi kabi 15 ta yo‘nalishda to‘garak tashkil etilgan. Bu to‘garaklarga 200 nafarga yaqin yoshlar qatnashmoqda. Hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ham darsdan bo‘sh vaqtida markazga kelib, o‘zlari xohlagan yo‘nalishda mahorat oshirishi mumkin», — deydi markaz rahbari Umid Hasanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 30 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi madaniyat markazi foydalanishga topshirildi