12:00 / 21.03.2021
1 482

Dori vositalarini noqonuniy ravishda qariyb 470 mln so‘mga sotganlar ushlandi

Dori vositalarini noqonuniy ravishda qariyb 470 mln so‘mga sotganlar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati
Toshkent viloyatida dori vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan shaxslar aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, departament hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro P.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridorga 3 850 quti «Meropenem Avantika» nomli dori vositalarini dorixona va uning filiallaridan tashqarida 343,1 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.X. va X.G‘. o‘zaro oldindan til biriktirib, yuz ming dona «NPP Askorbin kislota» nomli dori vositalarini xaridorga 8 000 AQSH dollari va 40 million so‘mga dorixona va ularning filiallaridan tashqarida sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dori vositalarini noqonuniy ravishda qariyb 470 mln so‘mga sotganlar ushlandi