Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Muhtaram Prezident janoblari, aziz qardoshim!
Ildizi uzoq asrlarga borib taqaluvchi mushtarak an’analarimizdan biri bo‘lgan, bahor va yangi boshlanish suyunchisini keltiruvchi, qardoshlik, tinchlik, birlik va birdamlik timsoli bo‘lmish Navro‘z bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va do‘st, qardosh O‘zbekiston xalqini turk xalqi va shaxsan o‘z nomimdan chin dildan muborakbod etaman.
Tabiat uyg‘onishi orqali qalblarda o‘zaro anglashuvni, muloqotni, hamjihatlikni mustahkamlovchi Navro‘z bayrami har yili bo‘lgani kabi bu yil ham Bolqonlardan tortib O‘rta Sharqqacha, Anado‘ludan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan keng qamrovli mintaqada jo‘shqin ravishda nishonlanadi.
SOVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq ushbu murakkab davrda Navro‘z bayrami nafaqat mamlakatlarimiz va mintaqamizga, balki butun bashariyatga sihat-salomatlik, halovat va tinchlik olib kelishini tilayman.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sog‘lik, baxt va muvaffaqiyat, do‘st va qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va omonlik tilab qolaman, deydi Turkiya Prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi