Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kompaniyasi 1 mlrd dollardan ko‘proq summaga obligatsiyalarni sotganini ma’lum qildi. Agar kompaniya 5 yil ichida aksiyalarini sotuvga chiqarsa, obligatsiyalar egalari ularni 10 foizlik chegirma bilan aksiyalarga ayirboshlay olishadi.
“Telegram dunyoning bir qator yirik sarmoyachilariga bondlarni sotishdan 1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ jalb qila olganini ma’lum qilishdan mamnunman. Bu Telegram’ga o‘z qadriyatlari va mustaqilligini saqlab qolgan holda yanada o‘sishga imkon beradi. Bu mablag‘lar monetizatsiya strategiyasini amalga oshirishda yordam beradi”, deb yozgan Durov Telegram’dagi kanalida.
Ta’kidlanishicha, sarmoyachilar orasida Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi, BAAdan ikkita suveren jamg‘arma - Mubadala Investment va Abu Dhabi Catalyst Partners ham bor. Ma’lum qilinishicha, amirliklar jamg‘armalari kompaniya obligatsiyalariga 75 mln dollardan sarflashgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi