Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Istanbul va Toshkent obodonlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlik qiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Ummatov boshchiligidagi delegatsiya Istanbul shahriga amaliy tashrif bilan bordi va Turkiya Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ali Sukash hamda shu yo‘nalishdagi boshqa mas’ullar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar shaharlarni obodonlashtirishda qo‘llanilayotgan yangi uslublar, gul va ko‘chatlarni ekish hamda parvarishlashning yangi texnologiyalari borasida fikr almashgan. Shuningdek, yo‘l qurilishi, ko‘priklarni saqlash va ta’mirlash, sug‘orish tizimlarini takomillashtirish borasidagi yangiliklar va ularni iqlim sharoitiga mos ravishda amaliyotga joriy etish masalasiga ham e’tibor qaratilgan.
Muloqot yakunida har ikki shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshliqlari obodonlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishga qaratilgan memorandum imzolagan. Unga ko‘ra, tizimlar qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi va soha mutaxassislari o‘zaro malaka almashadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?