2 259
O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlar reytingi asosida tuzilgan:
- ARWU – The Academic Ranking of world Universities;
- THE – Times Higher Education;
- QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.
Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.
Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati 2021 yil uchun shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting e’lon qilingunga qadar amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi