Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Nosirbek Abdullaxanovning tashabbusi bilan ilk marotaba urologiya sohasidagi noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Viloyat markazida joylashgan diagnostika markazida rossiyalik taniqli shifokor, Ilya Mechnikov nomidagi Shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti masofaviy litotripsiya kafedrasi mudiri, Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandrovskaya shifoxonasi urologiya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Oleg Burlaka namanganlik hamkasblari bilan birga lazer yordamida prostata adenomasi tugunchalarini tig‘siz ajratib olish jarayonini amalga oshirdi.
Avvallari mazkur yo‘nalishdagi jarrohlikdan so‘ng bemor uch kun davomida to‘shakka mixlanib yotishga majbur bo‘lardi. Farg‘ona vodiysida ilk bor Namanganda kirishilgan bunday tig‘siz amaliyotdan keyin bemor bir kunda sog‘ayib uyga qaytadi.
«O‘zbekistonlik hamkasblarim bilan birga jiddiy urologik jarrohlik amaliyotini jahon tibbiyotidagi so‘nggi tajribalarga tayangan holda o‘tkazdik. Jarayon garchi murakkab bo‘lsa-da, Namanganda yaratilgan qulay sharoitlar tufayli muvaffaqiyatli ado etdik. 60 yoshdan oshgan to‘rt nafar bemorda hayotga bo‘lgan ishonch va xursandchilik uyg‘otganimizdan mamnunmiz. To‘g‘risi, zamonaviy shart-sharoitlar va dunyo standartlariga to‘la javob beruvchi jihozlar e’tiborimni tortdi. Namangan viloyatida yuqori salohiyatga ega xususiy tibbiyot tizimida bunday muhitdagi ish, nazariy va amaliy hamkorligimizni kelgusida ham davom ettirishga ishonch paydo qiladi», – deydi rossiyalik shifokor Oleg Burlaka. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi